Gunafshadoshlar
Gunafshadoshlar (Violaceae) -ikki urug’pallali o’simliklar oilasi. Tro- pik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. 16 turkum va 850 tur kiradi. G. bir yillik va ko’p yillik o’t, buta, chala buta va past bo’yli daraxtlar. Bar- glari, asosan, butun, navbat b-n joylash- gan. Gullari bittadan yoki ikkitadan bo’lib, barg qo’ltig’idan chiqadi, aktino- morf yoki zigomorf. Kosacha va tojbar- glari 5 tadan, pastki tojbarglarining ostki qismi pixga aylangan, changchisi 5 ta, urug’chisi 2 — 5 ta, tugunchasi ustki, bir uyali. O’zbekistonda binafsha turku- miga mansub turlari o’sadi. Ayrim tur- lari bahorda ochiladigan xushmanzara o’simlik sifatida ekiladi.