Gvadalaxara

Gvadalaxara — Meksikadagi shahar, Xalisko shtatining ma’muriy markazi. Meksika tog’ligining Jan.- g’arbiy qismida, dengiz sathidan 1500 m balandlikda joylashgan. Aholi soni jihatidan mamlakatda 2-o’rinda tura- Di; 1,6 mln. kishi (1990-y.lar o’rtalari). Muhim t. i. va avtomobil yo’llari tu- guni. Xalqaro aeroport bor. G’arbiy Meksikaning iqtisodiy markazi. Oziq- ovqat, to’qimachilik, ko’n poyabzal, me- tallsozlik, mashinasozlik, kimyo, kulol- chilik kor-xonalari; un-t bor. Me’moriy yodgorliklardan sobor (1571-1618), Santa-Monika cherkovi (1720-33) va b. saqlangan. G.ni 1530 y.da ispanlar bunyod etgan va u Markaziy Amerikani mustam- lakaga aylantirishda tayanch punktlari- dan biri bo’lgan.