Gyugo (Hugo) Viktor Mari
Gyugo (Hugo) Viktor Mari (1802.26.2, Bezanson — 1885.22.5, Pa- Rij) — frantsuz adibi, romantizmning yirik namoyandasi. Dastlabki asari — «Qasidalar» (1821) she’rlar to’plami monarxiya g’oyalari ta’sirida bo’lib, 20-y.larning 2-yarmidan demokratik qarashlari mustahkamlana borgan. Isyon- korlik ruhi b-n sug’orilgan «Kromvel» (1827), «Sharq motivlari» (1829), «Ma- Rion Delorm» (1829), «Ernani» (1830), «Ryui Blaz» (1838) va b. she’riy va drama- tik asarlarida davrning dolzarb masala- lari aks etgan. «Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi» (1831) tarixiy romani voqealari o’rta asrda bo’lib o’tadi, asar- da muhabbat fojiasi tasvirlanadi. 1848 y.dagi inqilobni olqishlagan. Lui Bo- napartning davlat to’ntarishini (1851) qoralagan. Shundan so’ng 18 yil surgunda bo’lib, qator romanlar yozgan. «Pakana Na- poleon» (1852), «Xo’rlanganlar» (1862), «Dengiz zahmatkashlari» (1866), «kulib turuvchi kishi» (1869), «bir jinoyat tari- XI» (1877-78) romanlarini yozib, ular- da oddiy frantsuzlarning og’ir hayoti va kurashini tasvirlaydi. G. romanlarida- gi buyuk va olijanob insonlar turmush- dagi pastkashliklar va illatlarga qarshi kurashishadi. «Dahshatli yil» (1872) she’rlar to’plami frantsuz-pruss urushi va Parij Kommunasi (1871) voqealariga bag’ishlangan. So’nggi «93-yil» Roma- ni (1874)da inqilobga xayrixoxlik b-n qaragan. «Dengiz zahmatkashlari» (1938, 1965), «Xo’rlanganlar»ning «Kozeta» va «Gavrosh» bo’limlari (1952, 1955), «Byug Jargal» (1982) Q. Mirmuhamedov, Nur- bek, E. Obidov tarjimasida o’zbek tili- da nashr qilingan, «kulib turuvchi kishi» Navoiy teatrida sahnalashtirilgan (1966).