Hajmiy analiz
Hajmiy analiz — aniqlanayotgan modda kontsentrasiyasi (miqdori) ni uning hajmiga qarab aniqlashga asoslangan miqdoriy analiz usullari majmui. Laboratoriya amaliyotida qo’llanadigan titrimetrik analiz (vazniy byuretkalardan foydalaniladigan usuldan tashqari) ham Hajmiy analizga kiradi. Hajmiy analizga, shuningdek, gaz analizining ko’pgina usullarini kiritish mumkin. Cho’kma hajmini o’lchashga asoslangan Hajmiy analiz metodi ham bor, masalan, cho’yandagi oltingugurt miqdorini graduslarga bo’lingan tsentrifugaviy Probirkada hosil bo’lgan bariy sulfat hajmiga qarab aniqlash mumkin. Ultramikrokimyoviy analizda hosil bo’lgan cho’kma (tortib ko’rish qiyin yoki iloji bo’lmagan juda kichik miqdordagi modda) hajmiga qarab aniqlanadi.