Hamd

Hamd (Arabcha — ulug’lanish, ta’rif-tavsif, madh) — biror kimsa sha’niga maqtov she’r. Sharq mumtoz adabiyotida Allohni madh etuvchi Hamdlar ko’p yaratilgan, ular odatda doston muqaddimasining maxsus bobi bo’lgan. Masalan, Alisher Navoiy, Mashrab, Munis, Ogahiy va boshqa shoirlar devonlari Hamd g’azallar bilan boshlanadi. Hamd g’azallar 2 xil bo’ladi: tavhid Hamdlar, Munojot Hamdlar. Alisher Navoiy ijodida har ikki ko’rinishdagi Hamd g’azallar ko’p uchraydi. ayniqsa uning «Xamsa» sidagi dostonlarda Hamdning go’zal namunalari bor. O’tmishda nasriy asarlar ham qisqacha Hamd bilan boshlangan. Shuningdek, qadimgi turkiy, Arab va fors adabiyotida payg’ambarlar, shohlar va boshqalar sha’niga ham Hamdlar bitilgan. Ad.: G’afforova Z., Navoiyning hamd va na’t g’azallari, T., 2001.