Havo namligi
Havo namligi — havodagi suv bug`lari miqdori. Havo qancha issiq bo`lsa, unda suv bug`lari shuncha ko`p bo`lishi mumkin. Agar havo muayyan haroratda suv bug`larini boshqa yuta olmasa, to`yingan havo, havo namni yuta oladigan bo`lsa, quruq havo deyiladi. Agar to`yingan havo sovusa, suv bug`lari tomchilarga (shudring, tuman, bulut) aylanadi. 5 m.kub havo tarkibidagi suv bug`larining gramm, hisobidagi miqdori havoning muqlaq namligi deyiladi. Havodagi suv bug`lari miqdorining ayni haroratda to`yingan havo uchun zarur bo`lgan suv bug`lari miqdoriga nisbati havoning nisbiy namligi deyiladi va foiz hisobida ifodalanadi. Masalan, agar 0 daraja haroratda 1 m.kub havoda 3 g suv bug`i bo`lsa, to`yinishi uchun esa 5 g so`z bug`i talab qilinsa, bunda nisbiy namlik 3/5 x 5/5 x 100= =60 % ga teng bo`ladi.
Masalan, 1 m.kub havoda suv miqdori quyidagicha:
Harorat 1 m.kub da suv miqdori
-20 1 gr
-10 2 gr
-5 3 gr
0 5 gr
+10 9 gr
+20 17 gr
+30 30 gr
+40 51 gr