Havo xaltalari

Havo xaltalari — umurtqalilarda nafas yo’llari, og’iz bo’shlig’i yoki halqum bilan bog’langan havo saqlovchi bo’shliq. Havo xaltalarida gaz almashinuvi sodir bo’lmaydi. Havo xaltalariga dumsiz suvda va quruqlikda yashovchilarida ovoz xaltasi, sudralib yuruvchilarning o’pka xaltasi kiradi. Qushlar Havo xaltalarining hajmi nafas olish va nafas chiqarishda o’zgarib turadi; o’pka aerasiyasi. organizm termoregulyasiyasi, suzish yoki sho’ng’ishda tana zichligini o’zgartirish vazifasini bajaradi; Havo xaltalari o’simtalari naysimon suyaklar bo’shlig’iga ham o’tib, suyaklar pnevmatikasini ta’minlaydi. Sut emizuvchilarning Havo xaltalari bo’g’iz xaltalaridan, Evstaxiy nashjing bo’yin oldidagi qis-miga tushib turadigan xaltasimon o’simtadan (toq tuyoqlilar, lamanlar), traxeyadan (yo’l-yo’l tyulen erkagida) yoki qizilo’ngachdan (morjlar erkagida) ketuvchi xaltalardan iborat. O’simliklarda Havo xaltalari chang zarrachalaridagi ekzin qavatlarining bir-biridan ajralishi tufayli paydo bo’ladi. Havo xaltalari shamol yordamida changlanadigan ko’pchilik o’simliklar, aksariyat ignabarglilar uchun xos.