Hisorak suv ombori
Hisorak suv ombori — yirik gidrotexnika inshooti. Qashqadaryo viloyatidagi Qashqadaryoning irmog’i bo’lgan Oqsuv daryosi o’zanida barpo etilgan. Shahrisabz tumani Miroqi shaharchasidan 1,5 kilometr uzoqlikda joylashgan. 1983-88 yillarda qurilgan. Umumiy hajmi 170 million metr foydali hajmi 161,6 million metr tosh-tuproqli to’g’oni uzunligi 666 metr, balandligi 138 metr, suv yuzasi 4,2 km2, suv chiqaruvchi inshootning suv o’tkazish imkoniyati 200 m3/s, suv tashlama inshootniki 130 m3/s. Hisorak suv ombori to’g’on, suv chiqarish, suv tashlama inshootlari, suv keltiruvchi va suv chiqaruvchi kanallar, drenaj tarmoqlari bilan jihozlangan.