Hujayra

Hujayra (lotincha se11i1a, su1i$ — katakcha) — barcha tirik organizmlarning tuzilishi va funktsional birligi, elementar tirik sistema. alohida organizm sifatida hayot kechirishi (bakteriyalar, eng sodda hayvonlar, ayrim suvo’tlar va zamburug’lar) yoki ko’p hujayrali organizmlar to’qimalari tarkibiga kirishi mumkin. Genetik apparat eukariotlarda tsitoplazmaaan membrana bilan ajralgan yadroda; prokariotlarvya esa nukleoidda joylashadi. Jinsiy Hujayra meyoz natijasida hosil bo’ladi. Hujayra o’lchami 0,1—0,25 mkm dan (ayrim bakteriyalar) 155 mm gacha (tuyaqush tuxumi). Hujayraning xilma-xil funktsiyasini ixtisoslashgan ichki strukturalar — organoidlar bajaradi. Hujayraning universal organoidlari: yadroda — xromosomalar, tsitoplazmada — ribosomalar, Mitoxondriyalar, endoplazmatik to’r, Golji kompleksi, lizosomalgr. Ayrim manbalarda Hujayra membranasi ham organoidlar qatoriga kiritiladi. Ko’pchilik Hujayrada bo’ladigan membrana strukturalari — mikronaychalar, mikrofibrillalar Hujayra shaklining; Hujayra kiritmalari Hujayra tarkibining doimiyligini ta’minlash vazifasini bajaradi. Hujayra ichida va organizmning ichki suyuq muhitida bo’ladigan oqsillar, jumladan, fermentlar ham Hujayrada sintezlanadi. Hujayraning har qaysi organoidi faqat unga xos vazifani bajaradi. Masalan, eukariotlarda Hujayraning nafas olishi faqat mitoxondriyalar membranalarida, oqsil sintezi — ribosomalarda kechadi. Fermentlarning kontsentrasiyalanishi va ularning Hujayra strukturasida muayyan tartibda joylashuvi kimyoviy reaktsiyalarni tezlashtirib, ketma-ket borishi (konveyer printsipi)ni ta’minlaydi. Hujayraga xos mikrogeterogenlik xususiyati bir xildagi komponentdan bir vaqtning o’zida har xil moddalarni juda oz miqdor (mikrohajm)da sintezlash imkonini beradi. Ixchamlik printsipi ayniqsa DNK strukturasi uchun xos. Masalan, odam tuxumhujayrasining 61012 gramm keladigan DNK si organizm uchun xos bo’lgan barcha oqsillarni kodlaydi. Hujayra ichida ionlarning muayyan kontsentrasiyasi saqlanadi. Hujayra muhitdan yirik molekulalar, jumladan, oqsillar, hatto viruslarni pinositoz, ayrim mayda hujayralar va ular fragmentlarini fagositoz orqali yutish xususiyatiga ega. O’simlik Hujayrasi hujayra membranasi sirtidan qattiq qobiq bilan qoplangan (qobiq jinsiy Hujayrada bo’lmaydi). Hujayra qobig’ida teshikchalar bor. Bu teshikchalardan o’tadigan tsitoplazma o’simtalari orqali qo’shni Hujayra o’zaro bog’langan. O’sishdan to’xtagan Hujayra qobig’iga lignin, kremnezem yoki boshqa moddalar shimilishi natijasida ancha pishiq va qattiq bo’lib qoladi. O’simlik yog’ochining pishiqligi ana shu moddalarga bog’liq. Ayrim o’simliklar to’qimasi Hujayralari ayniqsa juda pishiq Hujayra devoriga ega bo’lib, Hujayra halok bo’lgandan so’ng ham o’zining tayanch skeletlik funktsiyasini saqlab qoladi. Ixtisoslashgan o’simlik Hujayrasining bir necha yoki bitta Markaziy vakuolasi bor; ularda har xil tuzlar eritmasi, uglevodlar, organik kislotalar, Alkaloidlar, aminokislotalar, oqsillar, hatto zaxira suv bo’ladi. O’simlik Hujayralari tsitoplazmasida maxsus organoidlar — plastidalar bor; Golji kompleksi esa tsitoplazmada tarqalgan diktiosomalardan iborat. Barcha eukariotlar Hujayrasi bir xildagi organoidlar va metabolizmni boshqarish mexanizmlariga ega. Ular Prokariotlar singari metabolizmni boshqarish, energiyani jamg’arish va saqlash, oqsil sintezida genetik koddan foydalanish xususiyatiga ega. Barcha Hujayra membranasining funktsiyasi ham o’xshash. Hujayra tuzilishi va funktsiyasining o’xshashligi ular kelib chiqishidagi umumiylikdan dalolat beradi. Biroq organizmdagi Hujayra o’lchami va shakli, u yoki bu organoidlari soni, fermentlar majmui bilan bir-biridan farq qiladi. Bu farq organizmdagi Hujayraning o’zaro kooperasiyasi va ularning funktsional ixtisoslashuvi bilan bog’liq. Bir hujayralilar Hujayrasining tuzilishi va funktsiyasi o’rtasidagi tafovutni ko’p jihatdan ularning yashash muhitiga moslanishi bilan tushuntiriladi. Genetik apparat tuzilishidagi o’xshashlik Prokariot va eukariotlar kelib chiqishidagi umumiylikni tushuntirish uchun dalil bo’ladi. Ammo bir hujayralilarning ajdodi har xil prokariotlar bo’lishi ham mumkin. Simbiogenez nazariyasiga binoan bir xil prokariotlar xo’jayin Hujayra mitoxondriyalariga, boshqalari — xloroplastlarga aylangan va organoid tarzida o’z-o’zidan ko’paya boshlagan. Boshqa nazariyaga binoan esa prokariot Hujayraning strukturalari asta-sekin rivojlanib, eukariotga aylangan. Bir organizmning barcha Hujayralari Genomi potentsial axborot hajmi jihatdan urug’langan tuxumhujayra Genomidan farq qilmaydi. Ixtisoslashgan Hujayra yadrosini yadrosi olib tashlangan Hujayraga ko’chirib o’tkazilganda normal organizm rivojlanishi buni isbotlaydi. Ko’p hujayrali organizmda Hujayra xossalari o’rtasidagi farq genlar faolligining bir xil bo’lmasligi tufayli kelib chiqadi. Hujayraning har xil ixtisoslashuvi natijasida bir xil Hujayralar (nerv) qo’zg’aluvchanlik; boshqalari (muskul) miofibrillalar hosil qiluvchi oqsillarga ega bo’lishi tufayli qisqarish, uchinchi xillari (bezli Hujayra) hazm qilish fermentlari va gormonlarni sintezlash xususiyatiga ega bo’ladi. Ko’pchilik Hujayra ko’p funktsiyali, masalan, jigar Hujayrasi qon plazmasi va o’t suyuqligi oqsillarini sintezlaydi; glikogen to’playdi va uni glyukozaga aylantiradi; yot moddalar (jumladan, dorilar)ni parchalaydi. Barcha Hujayrada umumiy funktsiyaga ega bo’lgan genlar faol bo’ladi. Shunday qilib, har xil Hujayralar o’rtasidagi o’xshashlik belgilari ularni bir-biridan farq qiluvchi belgilarga nisbatan ko’proq bo’lib, kelib chiqishi va funktsiyasiga ko’ra o’xshash Hujayra to’qimalarni hosil qiladi. Metabolitlar va ionlar — Hujayradagi jarayonlarni boshqaruvchi omillar. Ular genlarga ta’sir etish orqali fermentlar sintezini yoki bevosita fermentlarning o’ziga ta’sir ko’rsatib, ular faolligini o’zgartirishi mumkin. Bunday o’z-o’zini boshqarish mexanizmlari tufayli Hujayrada hayot uchun muhim bo’lgan ko’p jarayonlar optimal (eng qulay) holda saqlanib turadi. Hujayralarning o’zaro ta’siri, nerv va gormonlarning Hujayra faolligini o’zgarishiga olib keladigan xususiyatlari tashqaridan boshqaradigan omillarga kiradi. Bunday omillar Hujayraning o’ziga xos xususiyatlarini saqlab turish uchun zarur. Hujayra kulturasiga xos sun’iy sharoitda Hujayraning o’ziga hos ko’pgina xususiyatlari yo’qoladi. Eukariot Hujayra mitoz orqali o’z-o’zidan ko’payadi. Odam organizmidagi Hujayra soni 1014. Ayrim to’qimalarda Hujayra soni hayot davomida doimiy bo’lib qoladi; faqat kam ixtisoslashgan Hujayra bo’linadi. Masalan, odam organizmida sutka davomida 70 milliardga yaqin ichak epiteliysi Hujayrasi, 2 milliard eritrosit nobud bo’lib turadi. Bir qancha to’qimalarda Hujayra to’liq ixtisoslashgan holda Hujayra tsikliga kiradi. Bunday hollarda mitoz Hujayra bo’linmasdan xromosomalarning 2 hissa ortishi bilan tugaydi yoki mitoz boshlanmasdan xromatidlar soni 2 hissa oshadi. Ayrim ixtisoslashgan Hujayra yadrosi umuman Hujayra tsikliga kirishmaydi (masalan, neyronlar, skelet muskullari tolasi). Bunday hollarda Hujayra hayoti organizm umrining uzoqligiga teng bo’ladi. Odam Hujayrasi o’rtacha 1 — 2 kun (ichak epiteliysi) yashaydi. Barcha Hujayralarda moddalar va struktura elementlari faol yangilanib turadi. To’qimalarni hosil qiluvchi beqiyos ko’p sonli Hujayralardagi metabolitik va boshqaruv jarayonlarining o’zaro bog’langanligi, ular tarkibining doimo yangilanib turishi ko’p hujayrali organizm organlarining nuqsonsiz ishlab turishini ta’minlaydi. Hujayrani tsitologiya fani o’rganadi. Ad.: Zaxarov V.B..Mamatov S.G.,Sonii V.I., Obshaya biologiya. M., 2002; Chensov yu.S., Obshaya tsitologiya, M., 1984; Grin N., Staut U., Teylor D., Biologiya, t. 1-3. M., 1990; M Avlonov o., Biologiya (Ma’lumotnoma|, T., 2003. Kurash Nishonboev, Ochil Mavlonov.