Hujayra tsikli

Hujayra tsikli, hujayraning hayotiy tsikli — hujayraning bo’linishidan so’ng yana bo’linguncha yoki o’lguncha o’tgan hayot davri. Bir hujayralilar Hujayra tsikli ularning hayot davriga to’g’ri keladi. To’xtovsiz bo’linadigan hujayralar Hujayra tsikli mitoz tsikliga to’g’ri kelib, ketma-ket almashinib turadigan 4 davr: postmitoz yoki sintez dan oldingi (o, inglizcha §go\u — o’sish, yiriklashish), sintez (8, inglizcha 8umpe518 — sintez), metoda oldingi yoki sintezdan keyingi (S2) va mitoz (M) dan iborat. S: davrda transkripsiya sodir bo’ladi; sintezlangan oqsillar to’planadi; DNK sinteziga tayyorgarlik ko’riladi. 5 davrda DNK replikasiyalanadi, xromosomalar materiali 2 hissa ortadi. S2 davrda hujayralar bo’linishga tayyorlanadi; bo’linish dukini hosil qiladigan oqsillar sintezlanadi. Mitoz — Hujayra tsiklining yakuniy davri bo’lib, unda reduplikatsiyalangan xromosomalar hujayraning har xil qutblariga tarqaladi. Hujayra tsikli va uning davrlarining davomiyligi ko’payadigan hujayralarning xili, yoshi, organizmdagi gormonlar balansiga bog’liq. Vaqtga nisbatan S: va S2 davrlari o’zgaruvchan bo’ladi; tinim davrlari bo’lgan Hujayra tsikli ayniqsa uzoq davom etadi. Bunday hollarda O0 yoki tinim davri (inglizcha §ar — oraliq, interval) alohida ajratiladi. Agar tinim davri hisobga olinadigan bo’lsa, u holda Hujayra tsikli haftalab, hatto oylab davom etishi mumkin (masalan, jigar hujayralari). Neyronlarda Hujayra tsikli organizm umriga teng bo’ladi.