Hujjat al-Islom

Hujjat al-Islom (Arabcha — islom hujjati, Islom dalili) — o’rta asrlarda ba’zi yirik ilohiyotchilarga berilgan diniy unvon. Sunniylarda keyinchalik qo’llanilmay ketgan, lekin shia ulamolari o’rtasida rasmiy unvon sifatida ba’zi mamlakatlar (Eron, Iroq)da saqlanib kelmoqda. Bu unvon Oyatulloh unvonidan quyi mavqeda turadi. Unga ilk bor Imom G’azzoliy sazovor bo’lgan. Safaviylar davrida Eronda Hujjat al-Islom unvonini eng mashhur mujtahidlar olgan. Hujjat al-Islom sohiblari odatda shialarning muqaddas shaharlari (Karbalo, Najaf va boshqalar)da yashagan.