Husayn Ali
Husayn Ali (18-asrning 2-yarmi -19-asr boshlari) — tarixchi olim. Durroniylardan Temurshoh (1777-93), Zamonshoh (1793-1801), Mahmud (1801- 03, 1809-18) davrlarida yashab, ijod etgan. Zamonshohning akasi Shahzoda Humoyun huzurida xizmat qilgan. Husayn Alining «Zebi tarixho» («tarixlar bezagi») asari (1803) Durroniylar davlatining siyosiy tarixiga oid. Asarda Afg’onistondagi tarqoqlik, ichki nizolar, Balx hokimlari Qubod o’zbek va Xudonazarxon o’zbek boshchiligida durroniylarga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olonlar va boshqalar batafsil yoritilgan. Asar Sharqshunos G.A.Voloshina tomonidan rus tiliga tarjima qilinib, Toshkentda nashr etilgan (1965). Asar qo’lyozmasi O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida (Inv. №1626) saqlanadi.