IGNATEV MISSIYASI
IGNATEV MISSIYASI — rus podsho hukumati tomonidan Xiva xonligi va Buxoro amirligi bilan siyosiy hamda savdo munosabatlari o’rnatish bahonasida, aslida josuslik maqsadida polkovnik N. P. Ignatev boshchiligida yuborilgan elchilar missiyasi (1858). Ignatev missiyasi 1858 yil mayida 50 kishilik qo’riqchi otryad bilan Orenburgdan chiqib, Amudaryo yoqalab, iyul oyida Xivaga keladi va xon hukumati bilan savdo shartnomasi tuzadi. So’ngra Buxoroga kelib imtiyozli savdo shartnomasi tuzishga, zindonda yotgan rus fuqaro va asirlarni ozod etishga erishadi. Ignatev missiyasi to’plagan ma’lumotlar Turkistonning Rossiya tomonidan istilo etilishida muhim rol o’ynagan.