IJARA MUNOSABATLARI

IJARA MUNOSABATLARI — bunda ijarachi ijara beruvchidan shartnoma asosida ishlab chiqarish vositalari, yer va boshqa mol-mulklarni ma’lum bir muddatga ijara to’lovi asosida foydalanish uchun oladi. Ijara munosabatlarida ijara haqi muhim rol o’ynaydi va ijarachi bilan ijaraga beruvchi munosabatlarini keltirib chiqaradi. Ijaraning quyidagi turlari mavjud. Muddatiga ko’ra: — uzoq muddatli ijara — uch yil va undan ortiq muddatga; — o’rta muddatli ijara — bir yildan uch yilgacha bo’Igan muddatga. Qisqa muddatli ijara — bir yildan ortiq bo’lmagan muddatga. Mulkni topshirish shartiga ko’ra: moliyalashtirilgan, joriy.