ILDIZ AJRATADIGAN MODDALAR

ILDIZ AJRATADIGAN MODDALAR — o’simlik hayot faoliyati jara- yonida ildizlar orqali atrof muhitga ajralib chiqadigan organik va mine- ral moddalar. Ildizlarning moddalar chiqarishi normal fiziologik funktsi- yadir. I.a.m. tarkibida o’simlik orga-niz- mida kechadigan moddalar almashi-nuvi- da qatnashadigan barcha moddalar bo’ladi. Mineral birikmalardan karbonat kislo- ta, kaliy, kaltsiy, magniy, natriy ion- lari, sulfatlar, ammoniy xloridlar, fosfatlar va b. bor. Organik birikma- lardan: tsand, fermentlar, aminokislo- talar, vshpaminlar, organik kislotalar, fitontsidlar, al-kaloidlar uchraydi. Ildizning modda ajratish intensivligi va ajralgan moddaning tarkibiy qismi yorug’lik, harorat, atrof muhit namligi, yil va sutka, o’simlikning o’sish va ri- vojlanish fazalari, fiziologik holati, qaysi turga mansubligiga bog’liq. I.a.m. tarkibidagi karbonat angidrid gazi va b. kislotali birikmalar tuproqdagi qiyin eriydigan oziq moddalar hamda o’g’itlarni o’simlik o’zlashtiradigan shak- lga o’tkazishda qatnashadi va tuproq erit- masi kislotalik darajasini o’zgartirib turadi. Qand, aminokislotalar va mi- neral elementlar rizosfera mikroorga- nizmlari (ildiz atrofida to’planadigan mikroorganizmlar) uchun oziq bo’lib xizmat qiladi va moddalar almashinuvi mahsulotlari orqali o’simlikning o’sish va rivojlani-shiga ta’sir ko’rsatadi. Fiziologik faol moddalar — vitamin- lar, fermentlar, fitosidlar, alkalo- idlar o’simlikka va tuproq mikroor- ganizmlariga ta’sir qilib, ular hayot faoliyatini kuchaytiradi yoki, aksincha, susaytirib qo’yadi, bedaning qari ildiz- lari ajratadigan saponin alkaloidi bedazordagi o’simlik tupi qalinligini siyraklashtirib yuboradi va bedaning o’rniga ekiladigan ekinning o’sish va ri- vojlanishini susaytiradi. Shunga ko’ra, g’alla-g’o’za-beda almashlab ekishda bedani bir dalaning o’zida 2-3 yildan ortiq o’stirishga yo’l qo’ymaslik kerak. Abdukarim Zikrieev.