Ilmi iyqo
Ilmi iyqo (Arab — iyqo haqidagi ilm) — ilmi musiqiyning tar- kibiy qismi. Yaxlit va tugal nazariya si- fatida Abu Nasr Forobiyning asarlari («Kitobul musiqa al-Kabir», «Kito-bul iyqo’ot», «kitob Fi ixsouliyq-o’ot» va b.)da ilk marotaba ilmiy asoslab be- rilgan va keyinchalik, Ibn Sino («kitob ash-shifo») va Qutbiddin ash-Sheroziy («Durratut-toj li g’urratid-diboj») risolalarida rivojlantirilgan. I.i. ta’limotining asosiy un-suri — naqr (nuqta, eng kichik va bo’linmas zamon) dir. Davr tarkibidagi naqrlar soni va sifati jihatidan iyqolar ikki sinfga bo’linadi: muvas-sal (ulangan, uzluksiz) va mufassal (bo’lingan, ayrilma). Har bir sinf, o’z navbatida, bir necha tur- lardan iborat. 10-a. badiiy ijodiyotida qo’llanilgan jami ritmik shakllarni Forobiy 12 asl (usul)ga asoslangan yax- lit iyqolar tizimi sifatida bayon etgan. Mazkur 12 usullar musiqiy amaliyot- da doimo yangicha badiiy estetik sifat («vujud al-afzal») darajasida namoyon bo’ladi. Iyqo usullariga turli ritmik, akustik, dinamik vositalar yordamida ke- rakli badiiy mazmun kiritish ma’dulot (tenglamalar) yoki tag’iyrot (o’zgartuvlar, almashtiruvlar) deb ataladi. I.i.ning ta’limoti «Forobiy jahonda birinchi bo’lib ilgari surgan geni-al goya edi» (J.D.Sava). Badiiy vaqt («al-on»)ning yaxlitligi haqidagi Forobiyning Fi- kriga G’arbiy Evropa olimlari 20-a.ning 2-yarmidagina (Klod Levi Stross, Su- Sanna Langer va b.) etib kelishdi va tan olishdi. Ad.: Nazarov A., Forobiy va Ibn Sino musiqiy ritmika xususida (mumtoz iyqo nazariyasi), T., 1995. Abdumannon Nazarov.