Ilmiy bashorat
Ilmiy bashorat — tabiat va ja- miyatning ayni paytda noma’lum, lekin kelajakda yuzaga kelishi yoki o’rganilishi mumkin bo’lgan voqea va Hodi-salarini, jarayonlarni ilmiy qonu-niyatlar aso- sida oldindan aytib berish, ko’ra olish. I.b. ijodiy jarayon bo’lib, tabiat, jami- yat taraqqiyoti ob’ektiv qonunlarining fanda o’rganilgan asoslariga suyanadi. I.b. voqelik haqida to’plangan bilim va tajri-balarga, voqelikning o’zgarishi va rivojlanishi qonuniyatlariga ta- yangan holda chiqariladigan, ilmiy jihatdan asoslangan xulosalardir. Bun- da voqelikdagi zaruriy aloqadorlik, davriy o’zgarishlar hamda tasodifiy ehtimolliklar hisobga olinadi. Olim- lar osmon yoritqichlarining davriy harakatlarini o’lchash natijasida Quyosh va oyning tutilish vaqtlarini oldindan aytishgan, sayyoralarning harakatlanish jadvallarini tuzishgan (mil. AV. 585 y. yunon olimi Fales Quyosh tutilishini bashorat qilgan. Ulug’bek tuzgan yulduz- lar jadvali esa osmon yoritqichlarining davriy harakatini aniq aks ettirgan). Tabiatdagi davriy o’zgarishlarni kuza- tish natijasida yil fasllarining al- mashinishi, shamolning yo’nalishi va bu- lutlarning hola-tiga qarab obhavoning o’zgarishini oldindan ayta olishgan, bun- Day bilimlar dehqonchilik va chorvachi- likda muhim ahamiyat kasb etgan. Basho- rat qilishning ayrim elementlari jo- ni-vorlarda ham uchraydi. Qushlar, ba’zi hasharotlar obhavoning o’zgarishini ol- dindan payqar ekan. I.b. o’z mohiyatiga ko’ra, bir qancha turlarga bo’linadi. Bularga dinamik va statistik qonuniyatlarga tayanib aytiladigan I.b.larni misol qilib ko’rsatish mumkin. Quyosh va oy tutilish- larini oldindan aytib berish dinamik qonuniyatlarga tayanib aytiladigan I.b. bo’lsa, meteorologik hodisalarni yoki demografik jarayonlarni prognozlash I.b. qilishning 2turiga kiradi. Ij- timoiy hodisalarning rivojlanish qonuniyatlariga tayanib jamiyat taraq- qiyotining kelajagini bashorat qilish I.b.ning 3turidir. Ijtimoiy I.b.ni, o’z navbatida, iqtisodiy, demografik, siyosiy va b. turlarga ajratish mum- kin. I.b. voqelikni, uning kelajagini oldindan bilib olishga imkon bera- digan murakkab ilmiy bilish shakli hisoblanadi. I.b.ning to’g’riligi uni ilgari surishda tayaniladigan bilimlar- ning puxtaligiga, ko’lamiga, aniqligiga, haqqoniyligiga bog’liqdir. I.b. payg’ambarlar va avliyolarning karomatlari, folbinlik yoki astrologic usulda kelajakni bashorat qilishlardan farqlanadi. Ad.: Predvidenie kak forma nauchnogo poznaniya [SB. statey], T., 1985. Baxtiyor To’raev.