ILONCHISOY

ILONCHISOY — Jizzax viloyati Forish tumanidagi soy. Nurota tizmasining Sharqiy tarmog’i — Qo’ytosh tog’larining shimoliy yon bag’ridan (1500 metr) boshlanuvchi 15 ga yaqin kichik irmoqning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Shimoliy yo’nalishda oqadi. Uzunligi 32 kilometr, havzasining maydoni 47 kilometr kvadrat. Boshlanishida Oqbuloqsoy deb, Oqtepa qishlog’i yonida unga Yomchisoy qo’shilgach, Ilonchisoy deb ataladi. Xonbandi tog’ini kesib o’tgach, Uchquloch shaharchasidan 1 kilometr shimoli g’arbda tugaydi. Ilonchisoy qor, mavsumiy yomg’ir va buloq suvlaridan to’yinadi. Yillik oqimning 70-80% mart — aprelda oqib o’tadi. O’rtacha yillik suv sarfi 200-250% l/ sekund. Ilonchisoydan sug’orishda foydalaniladi.