Ilonlar
Ilonlar (Ophidia yoki Serpentes) tangachalilar kenja turkumi. Qad. I. qazilma qoldig’i (uz. 11 m gacha) bo’r davri- dan ma’lum. I.ning ajdodi ech-kemarlarga o’xshash kaltakesaklar bo’lganligi tax- min qilinadi. Tanasi ingichka va uzun, uz. 8 sm dan 10 m gacha, muguzeimon qalqon va tangachalar b-n qoplangan. Oyoq Kamari suyaklari bo’lmaydi, ayrim I.da chanoq va orqa oyoklari rudimenti saklanib qolgan. Umurtqalari 141 dan 435 taga- cha. Tush suyagi bulmaydi, qovurg’alari harakatchan. Ko’zini shaffof qovoklar qoplab turadi. Quloq teshigi va nog’ora pardasi bo’lmaydi, urta qulog’i sodda tu- zilgan. Tili uzun, ayrisimon, Yakobson organi bor. Bosh skeletining yuz suyakla- ri elastik paylar orqali o’zaro birik- Kan bulib, yirik uljani yutayotga-nida og’zining keng ochilishiga imkon beradi. Tishlari ingichka, o’tkir, orqaga egil- gan; o’ljani ushlab turish uchun xizmat qiladi. Zaharli I.ning yuqori jag’larida zahar tishlari buladi. Tishlar sirtida- gi egatcha yoki ichidagi nay orqali zahar o’lja tanasiga oqib keladi. Ichki organ- lari asimmetrik joylashgan. O’pkasi, odatda, bitga; siydik pufa- gi bo’lmaydi. Erkagining kuyikish or- ganlari bir juft xaltachalardan iborat bo’lib, anal teshigidan orqarokda, teri- sining ostida joylashgan. Yilda bir necha marta tullaydi, bunda terisining sirtqi qavati paypoq echilganidek yaxlit ko’chib tushadi. I.ning 3000 ga yaqin turi 13 oilaga bo’linadi. Asosiy oilalari: suv ilon- lari, aspidlar, dengiz ilonlari, qora ilonlar, chuqurchaboshlilar, so’qir- ilonlar, torog’izlilar, bo’g’ma ilonlar, qal-qondumlilar. Er yuzida, Antarkti- dadan tashqari, hamma joyda uchraydi. Odatda, er ustida qalin o’t-o’lanlar orasida, da-raxtlarda, ko’p turlari cho’llarda, ayrim turlari suvda yashaydi. Yirtqich, o’ljani tirikligicha yoki oldin zaharlab yoki bo’g’ib o’ddirib keyin yuta- Di. Tuxum qo’yadi, ayrimlari tuxumdan tirik tug’adi. I.tabiatda kemiruvchilar, mollyuskalar va hasharotlar sonini che- Klab turishda katta ahamiyatga ega. I. zaharidan tibbiyotda foydalani- ladi. Ba’zi I. terisi charm sanoatida qo’llaniladi. Ayrim I. odam uchun xav- fli, biroq ular hech qachon birinchi bo’lib hamla qilmaydi. O’zbekiston hududida I.ning 20 gacha yaqin turi tarqalgan, ulardan kapcha ilon, ko’lbor ilon, dasht qora iloni, bo’sh ilon (qalqontumshuq), qum charx-iloni zaharli hisoblanadi. Ko’pchilik turlarining soni keskin kamayib ketmoqda. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish jamiyati Qizil kitobiga 16 tur va kenja turi ki- ritilgan.