ILONSOY
ILONSOY — Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi soy. Zarafshon tog’tizmasining tarmog’i — Qoratepa tog’larining shimoliy yon bag’ridan boshlanuvchi 40 ga yaqin irmoqlarning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Samarqand shahridan o’tuvchi Darg’om kanaliga (chapdan) quyiladi. Uzunligi 24 kilometr. Ilonsoy, asosan, yomg’ir va buloqlardan to’yinadi. Bahor oylarida sersuv bo’ladi, etak qismi yozda ko’pincha kurib qoladi. Ekinzorlarni sug’orishda foydalaniladi.