IMERETIYA PODSHOHLIGI

IMERETIYA PODSHOHLIGI — g’arbiy Gruziyadagi tarixiy viloyat — Imeretiya hududida mavjud bo’lgan davlat (15-asr oxiri — 1811). Poytaxti — Kutaisi. Ichki o’zaro urushlar oqibatida zaiflashib qolib, 1555 yildan Usmonli turk imperiyasigya itoat etgan va unga boj to’lab turgan. 1804-10 yillarda Rossiya himoyasida bo’lgan, 1811 yil esa Rossiya tarkibiga butunlay qo’shib olingan.