Immunogenetika
Immunogenetika (immunitet va genetika) — immunitetning gene- tik mexanizmini o’rganadigan biolo- gik fan. I. immunitet va immun reak- tsiyalar boshqarilishi asosini tashkil etadigan irsiylanish va o’zgaruvchanlik qonuniyatlarini o’rganadi hamda immuno- logik metodlar yordamida immunitetning genetik mexanizmlarini ochib beradi. I. 20-a. boshlarida odam va hayvonlar qon guruxlarining o’rganilishi hamda orga- nizmning toksinlar yoki infektsiyalarga ta’sirchanligi ularning irsiy xususiyat- lariga bog’likligi aniqlanishi b-n fan sifatida shakllana boshladi. I. immu- nologiya, genetika, molekulyar biologiya, biokimyo b-n bog’langan. U antigenlar- ni sintezlovchi va immun reaktsiyalarni boshqa-ruvchi genlar kodining (q. Genetik kod) kashf etilishi tufayli rivojlana- Di. Organlarning ko’chirib o’tkazilishi va qon quyishda to’qimalarning mos kel- masligi hayvonlar hujayrasi sirtida joylashgan to’qimalar muvo-fiqligi gen faoliyati tufayli sin-tezlangan mahsulot b-n bog’liq. Shu sababdan im- munologik jihatdan bir-biridan kam farq qiladigan donor va resipientlar- ni tanlab olish transplantasiya ishlari- ning muvaffaqiyati garovi hisoblanadi. To’qimalar muvo-fiqligi genlarning o’rganilishi na-tijasida odam organiz- Mining ko’pchilik kasalliklarga (skle- rozning ayrim shakllari, revmatoid artrit, bolalar diabeti, gijja) ta’- sirchanligi ana shu genlarning muayyan allellariga bog’liqligi aniqlangan. Hujayra tashqi membranasi antigen- lariga viruslar (shu jumladan onko- viruslar) birikib olishi tufayli bu antigenlar organiz-mni virus infek- tsiyasiga ta’sirchan qilib qo’yadi. To’qima muvofikligi an-tigenlari sintezini kodlashtiruvchi genlardan tashqari im- Mun reaktsiyalarni boshqaruvchi dominant Ir. genlar (q. Dominantlik) ham bo’ladi. I. «begona»ni immun bilib olish mexa- nizmini ham o’rganadi. «Begona»ni bi- lib olish strukturalariga Vlimfosit- lar va ularning analogi Tlimfositlar sirtida joylashgan immunoglobulin re-tseptorlar kiradi. Immunoglobu- Lin polipeptid zanjirining sintezi ikki-ta (V va S) gen orkali kodlanadi; V — antiteloning spesifikligini, S — uning qaysi guruh (sinf, kenja sinf, tip)ga mansubligini belgilay- Di. Immun javobning shakllanishida immunkompetentli hujayralarning o’zaro ta’siri omillarini hamda immune si-stemasining irsiy zararlanishini o’rganish ham I. vazifasiga kiradi. I. sohasidagi ishlar transplantologiya, transfiziologiya, klinik I., naslchilik ishlarida katta ahamiyatga ega. Ad.: Petrov R. V., Immunologiya i im- munogenetika, M., 1976; Geneticheskiy kontrol immunnogo otveta. Inglizcha- dan tarjima, M., 1976.