Imomlik, imomat

Imomlik, imomat (Arab. — boshqarmoq) — 1) musulmon teokratik davlatining umumiy nomi. Islom EVO- lyusiyasi jarayonida I. haqidagi tasav- vur ham o’zgarib borgan. Ilk Islomda Muhammad (sav) va xalifalar musulmon- lar jamoasida ma’muriy hokimiyat va diniy rahnamo(Imom)likni birga qo’shib olib borgan. Keyinchalik xalifalar hokimiyatida ma’muriy rahbarlik aso- siy o’rin egallagan. Diniy hokimiyat — I. esa nomigagina saqlanib qolgan. Shia mazhabida I. faqat Muhammad (sav) avlo- didan bo’lgan (Ali va Fotima avlodlari) shaxsning diniy va ma’muriy hokimiyati hisoblangan; 2) Dog’iston va Checheni- stonda mu-ridlar davlati, 19-a.ning 20-y.lari oxirida chorizmning mustam- lakachilik siyosatiga qarshi shim. Kav- kaz xalqlarining kurashi davrida pay- do bo’lgan. Imomlari: G’ozi Muhammad (1828-32), Hamzatbek (1832-34), Shomil (1834— 59); 3) namoz vaqtida jamoat ol- dida turib ibodatni boshqarish, Imom- lik qilish.