Indiy
Indiy (lot. Indium), In — Mende- leev davriy sistemasining III guruxiga mansub kimyoviy element, tartib raqami 49, at. m. 114,82. Kumushsimon-oq rangli, yaltiroq, yumshoq metall. Ik-kita — ||31P (4,33%) va ||51P (95,67%) izotopi bor. 1|51P kuchsiz radioaktiv (R — nurla- nuvchi, yarim emirilish davri T’/,=51014 y.) Atom radiusi 0,166 nm., ion radi- usi (kavslarda koordinasion sonlar ko’rsatilgan) In3+ uchun 0,076 nm (4), 0,094 nm (6), 0,106 nm (8). 1863 y. nemis olimlari F. Reyx va T. Rixter rux mi- nerali — sfaleritni spektral analiz yo’li b-n tekshirayotib, noma’lum ele- mentning spektr chizig’ini topishgan. Spektr chizig’i indigo rangida bo’lgani uchun bu yangi element I. deb ataldi. Uchta minerali — sof I., rokezit (CuInS2) va indit (FeIn2S4), jalindiy In (on)3, sakuranit (CuInFe)3 (InSn)S4 bor, Le- kin ular kam uchraydi. I. ning zichligi 7,31 g/sm3, suyuklanish t-rasi 156,78°; qaynash t-rasi 2024°. Birikmalarida 1, 2 va 3 (ko’pincha) valentli. I. kislotalarda eriydi, ishkrrlarda deyarli erimaydi. Ochiq havoda o’zgarmaydi. Yuqori t-Rada oksidlanadi, 800° dan yuqorida ko’k- binafsha alanga berib yonib, kislotada eriydigan sariq kristall — I. oksid (1p2o3) hosil qiladi. Qizdirilganda galogenlar b-n oson birikib, galogenid- lar (InCl3, InBr3, Inl3), oltingugurt b-n sulfidlar (In2S3, InS) hosil qiladi. Galogenidi (InHal) va qora oksidi (In2O) juda kuchli qayta-ruvchilardir. I. birik- malaridan I. sulfat In2(SO4)3, I. ni- trat In(NO3)3-4,5 N2O va I. ortofosfat 1pro4 lar ahamiyatlidir. I. qo’rg’oshin, rux, qalay i. ch. dagi chiqindilardan oli- nadi. Korroziyaga qarshi qoplamalar, oson eriydigan qotishmalar olishda, shisha va reflektorlar tayyorlashda va yarim o’tkazgichlar texnikasida ishlati- ladi. Ad..Fedorov P. I., Moxosoev M. V., Alekseev F. P., Ximiya Galliya, Indiya i talliya, Novosibirsk, 1977; Yatsenkos. P., Indiy; svoystva i primenenie, M., 1987.