Induktsiya
Induktsiya (biologiyada) — 1) fiziologiya da — qo’zg’alish va tormoz- lanishdan iborat nerv jarayonlari-ning o’zaro dinamik ta’siri. Bunda nerv hujayralaridagi tormozlanish qo’zg’alishni vujudga keltiradi (musbat I.) yoki, aksincha, eng avval hosil bo’lgan qo’zg’alish jarayoni tor-mozlanishni Vu- judga keltiradi (manfiy I.)- Musbat va manfiy I. 2 xil bo’lishi mumkin; 1) bir vaqtda boradigan (simultan) I. — bir joydagi qo’zg’alish bir vaqtda o’z atrofida tor-mozlanishni hosil qiladi va kuchaytiradi, tormozlanish o’chog’i esa qo’zg’alish jarayonini vujudga keltiradi; 2) ketma-ket sodir bo’ladigan (Suk- tsessiv) I., bunda biror nuqtada paydo bo’lgan qo’zg’alish ta’siri to’xtagandan so’ng tormozlanish vujudga keladi yoki aksincha. 3) embriologiyada — rivojlanayotgan embrion bir qismi (induktorlar)ning ikkinchi qismga (ta’sirla-nuvchi siste- maga) ta’siri. Bu hodisa qismlar bir- biriga tegib turganda ro’y beradi va ta’- sirlanaetgan sistemaning rivojlanishi yo’nalishini belgilaydi. I. ni 1901 i. nemis embriologi X. Shpeman suvda va quruklikda yashovchilar embrionida ektodermadan ko’z gavharining hosil bo’lishini o’rganish orqali aniqlagan. Ko’z murtagi (boshlang’ichi) olib tashlan- ganda Gavhar paydo bo’lmagan. Embrion- ning biqiniga ko’chirib o’tkazilgan ko’z murtagi, odatda, teri epidermisiga ay- lanadigan ektodermadan Gavhar hosil qilgan. Gastrula ektodermasidan Mar- kaziy nerv sistemasi murtagi paydo bo’lishiga xordomezodermaning induk- tsiyalovchi ta’sir ko’rsatishini keyin- chalik Shpeman aniqladi; bu hodisani u boshlan-g’ich embrional I., inductor (xordo-mezoderma)ni esa boshqaruvchi I. deb nomladi. Rivojlanayotgan organism qismlarini ko’chirib o’tkazish va ularni alohida yoki aralash o’stirish ustida olib borilgan tekshirishlar I. hamma xorda- lilar va ko’pchilik umurtqasizlarda keng tarqalganligini ko’rsatdi. Hayvon va o’simlik organizmlarning individual rivojlanishidagi boshqa ko’p hodisalar ham «I.»deb ataladi. Jinsiy gormonlarning ikkilamchi jin- siy belgilar hosil qilish I. si bunga misol bo’ladi.