INDUSIRLANGAN FERMENTLAR
INDUSIRLANGAN FERMENTLAR, adaptiv fermentlar — sintez- lanish tezligi tirik organizmlarning yashash sharoitiga qarab o’zgarib turadi- gan fermentlar. I. f. ning sintezlanishi induktorlar (faollashtiruvchilar) ta’- sirida genetik darajada boshqariladi. Bu jarayon induktorlar yor-damida amalga oshiriladi. Induktorlar sifatida sub- stratlar, metabolitlar, shuningdek, gor- monlar ishtirok etishi mumkin. Odatda, I. f. organizmda juda kam miqsorda uchraydi. Birok, muhitga substrakt yoki boshqa induktor qo’shilsa, fermentlar kontsentrasiyasi qisqa vaqt ichida ming marta, hatto undan ko’proq oshishi mum- kin. Bunday xususiyat organizmlarning yangi sharoitga tez moslashishiga imkon beradi. Induktsiya mexanizmi I. f. sin- te-zini nazorat qiladigan genlar ta’si- rining derepressiyalanishidan iborat. I. f. ga misol kilib, ayrim mikroor- ganizmlarni sintezlaydigan r»-Galak- tozidaza (laktozani monosaxaridlargacha gidrolitik parchalanishini katalizlay- Di) fermentini ko’rsatish mumkin. Bu ferment oziqli muhitda uglerod man- Bai faqat laktoza yoki uning analoglari bo’lgandagina sintezlanadi.