INGLIZ-AFG’ON URUSHLARI

INGLIZ-AFG’ON URUSHLARI — Buyuk Britaniyaning Afg’onistonga qarshi mustamlaka bosqinchilik urush- lari (1832-42, 1878-80, 1919). Birin- chi I.-a. u. (1838-42) — inglizlar ar- miyasining asosiy kuchlari Qandahor va G’aznini egallab, Kobo’lga chiqish maqsadida bo’lan yo’lagi orqali Jan.- G’arbiy Afg’onistonga bostirib ki- rishi. Afg’on qo’shinlarini chalg’itish maqsadida Peshovardan Xaybar dovoniga zarba berilgan. Afg’onistonga bostirib kirgan inglizlar qo’shi-nining umumiy soni 30 mingdan or-tiq bo’lgan. Afg’onlar qo’shini 15 mingga yaqin jangchidan ibo- rat bo’lib, qurol-aslaha jihatidan raqibidan ancha qoloq edi. 1839 y. ingliz qo’shinlari Qandahor, G’azni va Kobul- ni egallashgan. Bunga javoban parti- zanlar urushi boshlangan. 1841 y. noyab. da ko-bulda xalq qo’zg’olon ko’targan. Inglizlar malayi Shujo’o’ldirilgan, Ko-buldan chekinishga majbur bo’lgan ingliz armiyasi yakson qilingan. Garchi 1842 y. Angliya hukumati Afg’onistonga jazo ekspedisiyasi jo’natgan bo’lsada, inglizlar o’z mag’lubiyatlarini tan olish- ga majbur bo’lganlar va 1842 y. oxiri- ga kelib Afg’onistonni tark etishgan. Ikkinchi I.-a.u. (1878-80) — ingliz qo’shinlarining (36 ming kishi) uch ko- lonna bo’lib Afg’onistonga (Xaybar, Kurram va bo’lan yo’lagi orqali) bosti- rib kirishi b-n boshlangan. Qo’shin soni va qurollanish jixatidan raqibidan ancha ortda bo’lgan afg’on armiyasi cheki- nishga majbur bo’lgan. 1879 y. 8 yanv.da ingliz qo’shinlari qan-dahorni egalla- gan. Afg’oniston amiri Yoqubxon Angliya b-n Gandamak bitimini imzolagan, bunga qarshi mamlakatda xalq qo’zg’oloni bosh- langan (1879 y. sent.). Kobuldagi ingliz rezidenti Kavanyari 1879 y. 3 sent.da o’ldirilgan. 1880 y. 27 iyulda Qandahor yaqinidagi Mayvand yonida bo’lgan jangda afg’on qo’shinlari inglizlar brigada-si- ni tamoman tor-mor etganlar. Kobuldagi inglizlarni qo’zg’olonchilarning afg’on, tojik va o’zbeklardan tashkil topgan de- yarli 100 ming kishilik armiyasi qamal qilgan. Afg’oniston xalqlarining bosqinchilarga qahramonona qarshilik ko’rsatishi Angliya hukuma-tini Afg’onistonni bosib olish va parcha- lab tashlash rejasidan voz kechishga va Amir Abdurahmon b-n kelishuv shartno- masi tuzishga majbur qildi. Unga ko’ra, Afg’oniston ichki siyosatda mustaqil bo’lib, tashqi siyosatda Angliya nazorati ostida qolgan. Ingliz qo’shinlari mamla- katni tark etganlar. Uchinchi I.-a.u. (1919 y. may) — Amir Omonullaxon Afg’oniston musta-qilligini e’lon qilishi b-n An- gliya tomonidan boshlangan. 3 mayda urush xdrakatlari boshlangan. 6 mayda An- gliya Afg’onistonga urush e’lon qilgan. Afg’on muntazam qo’shinlari (40 ming kishi) Xaybar, Vaziriston va Qandahor yo’nalishlarida harakat qiluvchi 3 ko- lonnaga bo’lingan. Qo’shin soni (deyarli 340’ming kishi) va texnikaviy ustunlik Angliya tomonida bo’lgan. Garchi Xaybar yo’nalishida inglizlar mu-vaffaqiyatga erishgan bo’lsalarda, lekin ular va- ziristonda mag’lubiyatga uchraganlar, afg’on qo’shinlari 1919 y. 27 mayda tol qal’asini egallashgan. Vaziristonda chegara hududlarida yashovchi pushtunlar- ning inglizlarga qarshi yalpi qo’zg’oloni boshlangan. Mana shu holat, hamda Hindistondagi inkilobiy ko’tarilish (1918 y. boshlangan) Angliyani urushni davom ettirishdan voz kechishga majbur etdi. 1919 y. 8 avg.da Ravalpindi sh.da dastlabki (preliminar) sulh bitimi tu- zilib, u 1921 y. 22 noyab.da Kobulda rati- fikasiya qilingan. Bitimga ko’ra, Angliya Afg’onistonning to’la mustaqilligini tan olgan.