Inglizlar britanlar
Inglizlar britanlar, (o’zlarini inglish deb ataydilar) — xalq. Buyuk Britaniyaning asosiy aholisi. Umu- miy soni (48,5 mln. kishi, 1990-y.lar o’rtalari), jumladan, Buyuk Britaniyada 44,7 mln. kishi, Kanadada 1 mln. kishi, Avstraliyada 940 ming kishi, AQShda 650 ming kishi, JAR da 230 ming kishi, Hindistonda 200 ming kishi, yangi Ze- landiyada 188 ming kishi yashaydilar. In- gliz tilire. gaplashadi. Dindorlar, aso- san, anglikanlar. Evropeoid irqiga man- sub. Britaniya o.larida mil. AV. 1ming yillik o’rtalarida kelt qabilalari (brittlar va b.) yashar edi. Mil. 5-6-a. larda bu erlarga materikdan german ka — bilalari — angllar, sakslar, yutlar ke- lib o’rnashdilar. Ular kelilarning bir qismini o’zlariga singdirdi, bir kis- mini esa Shotlandiya, Uels va Kornuoll tog’lariga siqib chiqardilar. 7— 10-a. larda, anglosaks elati vujudga keldi. Angliya 1066 y.da normannlar tomonidan bosib olindi. 13-14-a.larga kelib an- glosakslar va normannlar yagona ingliz xalqiga uyushdi. 16-a.da ingliz jonli va adabiy tili vujudga keldi. 17-19-a.lar- da Angliya boshqa qit’alardagi ko’pgina mamlakatlarni o’z mus-tamlakasiga ay- lantirdi. Ko’plab I. mustamlaka mamla- katlariga ko’chib bordilar. Natijada I. ko’pgina xalqlar — amerikaliklar (AK- Shda), avstraliyaliklar, yangi Zelandiya- liklarnnt shakllanishida asosiy kompo- nentlardan biri bo’ldi. I.ning hayoti va ijtimoiy turmushi- da an’anaviy xususiyatlar ko’p saklanib qolgan (yana q. Buyuk Britaniya).