INKORNI INKOR QONUNI

INKORNI INKOR QONUNI — dialektikannnt asosiy qonunlaridan biri. Tabiat, jamiyat va tafakkur ta- raqqiyoti jarayonining yo’nalishini, shaklini va natijasini ifodalaydi. Birinchi bo’lib Gegel rivojlanish qonuni sifatida ta’riflab bergan. In- kor har qanday taraqqiyotda muqar-rar va qonuniyatli ravishda sodir bo’ladigan jarayon (moment)dir. Hech bir sohada o’zining ilgarigi mavjudlik shaklla- rini inkor qilmaydigan taraq-Qiyot bo’lmaydi. Gegel fikricha, «ichki inkor» taraqqiyotning harakatlanti-ruvchi ku- chidir. Dialektik inkorning ob’ektiv xarakteri shundaki, u har bir narsa va hodisaning o’z ichida, ularning ichki za- ruriyatidan kelib chiqadi va har qanday emirilish va yo’q bo’lish (inkor)ni ifo- dalamay, balki taraq-Qiyot uchun zamin bo’lib xizmat qiladigan inkorni ifoda- laydi. Bu qonunning ikki marta takror- lanuvchi inkorda (inkorni inkor) ifoda- lanishi narsa va hodisalarning doimiy ravishda o’zgarib, bir holatdan ikkinchi holatga o’tishi va oqibatda rivojlani- shi uzluksiz ekanligidan kelib chiqadi. Har bir mavjud bo’lgan narsa va Hodi-sa o’zigacha bo’lgan narsa va hodisaning in- kor etilishining mahsuli, ayni vaktda shu narsa va hodisalarning o’zi ham sharo- itning o’zgarishi va vaqtning o’tishi b-n dialektik inkor etilishga mahkumdir. Har bir narsa va hodisaning o’zgarishi qo’shaloq, ya’ni hami-sha ikki yoki undan ko’proq inkor etishlar b-n amalga oshadi. Inkorni inkorning yana bir muhim belgisi shuki, taraqqiyotdagi davriy- likning tugallovchi halqasida, ikkin- chi inkor bosqichida uning oldingi bosqichidagi ba’zi belgilari qayta ti- klanadi (don — o’simlik va yana don). Boshlang’ich shaklni inkor qilgan narsa yana inkor etilganligi sababli qo’shaloq inkor mazkur boshlang’ich shakldagi ba’zi tomonlarga xos belgilarning qayta ti- klanishiga olib keladi. Inkorni inkorning mohiyatini ilga- rilama harakat va vorislikning uzviy birligidan iborat, deb ta’riflash mum- kin. Inkorni inkor tufayli taraqqiyot to’g’ri chiziq shakliga emas, balki doira shakliga ega bo’lib, bu doirada oxirgi nuqta boshlang’ich nuq-taga yaqinlashadi. Lekin bu yaqinlashuv yuqori asosda sodir bo’lishi tufayli taraqqiyot burama (SPI- ral) shaklga ega bo’ladi. Bu buramaning har bir doira-si, aylanmasi yuqoriroq taraqqiyot holatini bildiradi, shu ma’- noda ta-raqqiyotning dialektik nazari- yasida «buramasimon» so’zi ishlatiladi. Ko’pincha inkorni inkor jarayoni- ni «tezis» (taraqqiyotning boshlang’ich nuqtasi), «antitezis» (birinchi inkor) va «sintez» (inkorni inkor) shaklida ifodalab, taraqqiyotning mohiyatini ana shu uchlikda deb tushuntiradilar. Inkorni inkor jarayonida oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga qarab bo- ruvchi rivojlanish sodir bo’ladi.