Inson huquqlari
Inson huquqlari — inson- ning davlat b-n munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoni-yatlari hamda da’volarini tavsiflovchi tushun- cha. I. h.ni erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik ja-miyati va huquqiy davlatning asosiy belgilari- dan biridir. I. h.ni mutlaq va nisbiy I. h.ga bo’lish qabul qilingan. Yashash huquqi, qiynoklarga, zo’ravonlikka, in- son sha’nini erga uradigan boshqa xil muomalaga yoki jazoga duchor etilmaslik huquqi, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi, shaxsiy va oilaviy sir saklash huquqi, o’z sha’ni hamda yaxshi nomini himoya etish huquqi, vijdon erkinligi va dinga e’tiqod qilish huquqi, shuningdek, sud tomonidan himoya qilinish va Odil sudlov huquqi hamda shular b-n bog’liq eng muhim prosessual huquqlar mut-laq I. h. sirasiga kiradi. Qolgan hamma I. h. nisbiy bo’lib, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy qilingan vaziyatda cheklab yoki to’xtatib qo’yilishi mumkin. Demokratik davlatda mutlaq I. h.ni har qanday vaziyatda ham cheklashga yoki vaqtincha to’xtatishga (bekor qilishga) yo’l qo’yilmaydi. O’zbekiston Respublikasining Kon- stitusiyasida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va bur- chlari, jumladan, shaxsiy huquq va erkin- liklari, siyosiy huquklari, iq-tisodiy va ijtimoiy huquklari, shuningdek, I. h. va erkinliklarining kafolatla- ri belgilab berilgan (18— 52-modda- lar). O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinli- klarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar (18-modda). Jumladan, yashash huquqi — har bir insonning uzviy huquqi. Inson hayotiga suiqasd qilish — eng og’ir jino- yat hisoblanadi (24-modda). Har kim er- kinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim konunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi; qiynoqqa solinishi, zo’ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa du- chor etilishi mumkin emas (25-26-mod- dalar). Har kim o’z sha’ni va obro’siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga; fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi xuquqiga ega (27-29-moddalar). Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xoh-lagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan Sing- dirishga yo’l qo’yilmaydi (31-modda). Mustaqillik yillarida O’zbekistonda I. h. va erkinliklari- ning ustunligidan kelib chiqadigan, xalqaro miq-yosda qabul qilingan yangi yuridik ta-moyil va talablarga asos- langan keng hukuqiy muhit vujudga kel- tirildi. Totalitar tuzumning tazyiq va zo’ravonligidan huquqiy me’yorlar sari keskin burilish yasaldi. Respu- blika qonunlarini I. h. sohasidagi xalqaro me’yorlar va andozalarga muvo- fiklashtirish, mazkur sohada Milliy harakat dasturini ishlab chiqish, I. h.ni himoya qiladigan muassasalarning yax- lit tizimini barpo etish, I. h.ga oid xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qo’shilishda davom etib, bu hujjatlar bo’yicha majburiyatlarni bajarishning, barcha davlat organlari, mansabdor shax- slar va fuqarolar shu hujjatlar tala- blariga so’zsiz rioya qilishining mexa- nizmi yaratildi.