INTELLEKTUAL MULK HUQUQI

INTELLEKTUAL MULK HUQUQI — intellektual (aqliy) faoliyat nati- jasiga tegishli huquq. Mulk egasi ana shu intellektual mulk ob’ektlaridan o’z xohishiga ko’ra, har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqiga egadir. Huquq egasiga mutlaq xuquq asosida tegishli bo’lgan intellektual mulk ob’ektlari- dan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining roziligi b-ngina yo’l qo’yiladi (O’zbekiston Respublikasi FK, 1034-modda). Ba’zi ob’ektlarga nis- batan (ixtiro, sanoat namunasi, foydali model, tovar (xizmat) belgisi, firma nomi va sh. k.) mutlaq huquq davlatning vakolatli organi tomonidan beriladi- gan maxsus hujjat — patent, guvohnoma asosida vujudga keladi va huquqiy muhofaza qilinadi. Intellektual mulk ob’ektlari fuqarolik huquqining boshqa ob’ektla- ri — ashyolar, qimmatbaho qog’ozlardan quyidagi xususiyatlari bo’yicha farq qiladi: a) ko’p hollarda ular moddiy ko’rinishda emas, balki g’oya, bilim, axborot shaklida namoyon bo’ladi; b) g’oya, bilim shaklidagi intellektual mulk ob’ektiga odatdagi moddiy ashyoga ega- lik qilganday egalik qilish mumkin emas; v) shaxslar bunday ob’ektlardan ayni bir vaqtning o’zida cheksiz do- irada foydalana olishi mumkin; g) mulk huquqining muddatsiz ekanligi haqidagi qoida (FK, 164-modda) I. m. h. ob’ektlariga nisbatan qo’llanilmaydi, binobarin aksariyat hollarda (nou-xauga nisbatan istisnoni nazarga olmaganda) I. m. h.ning amal qilishi qonunlarda belgilangan muddatlar b-n chegaralan — gan bo’ladi; D) qonunlarda belgilangan muddatlar utishi b-n I. m. x. egasining ma’lum intellektual mulk ob’ektiga nisbatan huquqlari bekor bo’ladi va u umuminsoniy boylikka aylanib, har kim undan ma’lum shartlar asosida (mualli- fining shaxsiy huquklariga rioya qilgan holda) tekin va ruxsatsiz foydalanish- ga haqli bo’ladi; e) I. m. h. ob’ektlariga nisbatan mulk huquqini himoya qilishda vindikasiya da’vosini qo’llab (FK, 228-modda) bo’lmaydi; yo) I. m. h. ob’ekt- lariga nisbatan odatdagi mulk huquqiy emas, balki mutlaq huquklar haqidagi qoidalar qo’llaniladi; j) I. m. h. ning amal qilishi ayni vaqtda ma’lum hudud b-n chegaralangan bo’ladi. Mas, ixtiro- ga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Patent idorasi tomonidan berilgan Pa- tent O’zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi qo’shilgan xalqaro konventsiyalar, u b-n xo-rijiy davlatlar o’rtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida belgilangan xududlardagina amal qilag Di; z) ko’pgina intellektual mulk ob’- ektlarining mualliflariga taalluqli shaxsiy huquqlar ham mavjud bo’lib, bu ob’ektlardan foydalanuvchilar mazkur huquqlarga rioya qilishi shart. Intellektual mulk ob’ektlari Kan- Day faoliyat mahsuli ekanligi, huquqiy rejimi va sh.k. xususiyatlariga qarab, quyidagi turlarga bo’linadi: a) Intel- lektual faoliyat natijalari: fan, ada- biyot, san’at asarlari; eshittirish tash- kilotlarining ijrolari, fonogramma va eshittirishlari; elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumot bazalari; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari; selektsiya yutuqlari; oshkor etilmagan axborot, shu jumladan, ishlab chiqarish sirlari (nou-xau) dan iborat; b) fukarolik muomalasi ishti- rokchilarining, tovarlar, ishlar va xiz- matlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar (firma nomlari; to- var (xizmat) belgilari; tovar chiqarilgan joy nomi; v) FK da va b. qonunlarda na- zarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa na-tijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilari- ning, tovarlar va xizmatlarning xusu- siy alomatlarini aks ettiruvchi boshqa vositalar (FK 1031-modda). Mazkur faoliyatning yangi mahsullariga, fir- malar, tovarlar, ishlar, xizmatlarning yangi nomlari va alomatlariga nisbatan ham FK (4-bo’lim) da va b. qonunlarda intellektual mulkka oid belgilangan qoidalar qo’llanadi.