INTERVENTSIYA

INTERVENTSIYA (lotincha intervention -aralashuv) — bir yoki bir necha davlatning boshqa bir davlat ichki ishlariga zo’rlik bilan aralashuvi, uning hududiy yaxlitligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi qaratilgan harakatlari. Bunday harakatlar BMT ustavi bilan man qilingan. Harbiy (qurolli), iktisodiy, siyosiy Interventsiya bo’lishi mumkin. Qurolli Interventsiya agressiya sifatida baholanadi. Bundan tashqari, intervent davlatlar soniga qarab alohida bir davlatning yoki bir necha davlatning Interventsiyasi bo’ladi, shuningdek, chet el davlati hududiga qurolli kuchlar oshkora bostirib kirishi va yashirin, pinhona tarzda kirishi ham mumkin. Xalqaro huquqda Interventsiyaning har qanday ko’rinishi va shakllari taqiqlangan.