Ioffe Abram Fyodorovich

Ioffe Abram Fyodorovich [1880. 17(29). 10, Poltava gubernyasi, Romni sh. — 1960.14.10, Leningrad] — fizik olim, sobiq Ittifoq fizika maktabi asos- chilaridan, yarimo’tkazgichlarni tadqiq etishni boshlab berganlardan biri, akad. (1920). Petrograddagi Davlat rentgeno- logiya va radiologiya in-ti (1918), fizi- ka-texnika in-ti (1921), Fizika-agrono- miya in-ti (1932), Yari-mo’tkazgichlar in- ti (1954) va b. in-tlar I. rahbarligida tashkil qilingan. Ilmiy ishlari qattiq jismning PLA- stikligi, elektr o’tkazuvchanligi masala- lariga oid. I. ilmiy maktabidan qator mashhur fiziklar (A. P. Aleksandrov, L. A. Arsimovich, P. L. Kapisa, I. V. Kurcha- tov va b.) etishib chiqqan. IP — tolalar (paxta, ipak, jun, zig’ir va b.)dan ingichka qilib yigi- rilgan yoki yigirilmagan to’quvchilik va tikuvchilik materiali; pishiq va ka-yishqoq mahsulot. Gazlamalar, tri- kotaj to’qish, kiyim-kechak tikish va b. ko’p maqsadlarda ishlatiladi. Ip olish uchun ishlatiladigan tola turiga qarab ip tabiiy, sun’iy, Miner»al, kimyoviy xillarga bo’linadi. Iplar dastlabki, birlamchi va ikkilamchi turlarga ham ajratiladi. Dastlabki ip bo’ylama yo’nalishda qismlarga bo’linmaydi. Bu-larga elementar va yakka (mono ip) iplar kiradi. Birlamchi ip to’qimachilik tola- laridan tayyorlanadigan kalava ip, bir necha elementar iplardan eshib olina- digan kompleks iplardan ibo-rat. Ik- kilamchi iplar bir necha birlamchi ipni eshib (pishitib) olinadi. Iplar bir xil toladan hamda har xil toladan (tabiiy tola b-n boshqacha tabiiy tola, sun’iy tola b-n tabiiy tolani aralashtirib) tayyorlanishi mumkin. Iplarni pishi- tish yoki eshish darajasi ularning ish- latilishiga boglik. Mas, gazlama to’qish uchun asosiy ip (tanda) ko’p pishitiladi, arqoq ip esa kamroq pishitiladi, triko- taj to’qish uchun ip yanada kam pishitila- Di. Pilla tolalaridan yigirilgan ipak ip; viskoza, atsetat, kapron va b. kimyoviy tolalardan kompleks iplar olinadi. Bejamdor iplar olish texnologiyasi ham bor. Ular, asosan, matolar va tri- kotaj mahsulotlarning ustki qismini bezashda ishlatiladi. Kaprondan olin- gan yakka ip paypoq to’qish sanoatida ishlatiladi. To’qimachilik tolalari- dan tashqari, qog’oz (kordel), kauchuk va b.dan ip olinadi. Yukrrida ay-tilgan iplarning hammasi to’qimachilik sa- noatining xom ashyosi hisoblanadi. Bu- lardan tashqari, uy-ro’zg’orda va xalq xo’jaligida ishlatiladigan iplar ham bor. Bularga turli tikish (g’altak iplar), chatish, kashtachilik, attorchilik va jar- roxlikda ishlatiladigan iplar kiradi. I. uzunligi (m)ning massasi (g)ga nisbati I.ning metrik nomeri deyila- Di. I. past (34 nomergacha), o’rta (34 dan 85 gacha) va yuqori (85 dan yuqori) nomer- li bo’ladi. Iplar turi (assortimenti) ni ko’paytirish uchun ular qo’shimcha ish- lov (tuk kuydirish, ohorlash, bo’yash)dan o’tkaziladi.