IPAK BEZLARI

IPAK BEZLARI — kapalak qurtlarining rivojlanishi davrida ipak ishlab chiqaruvchi bezlari. Ipak bezlari ishlab chiqaradigan suyuklik havoda qotib, ipak ipga aylanadi. Ipak ipi turli hasharotlarda turli funktsiyani bajaradi. Masalan, olma qurti g’umbakka aylanish davrida ipak ipidan daraxt shoxidan pastga tushish uchun foydalanadi; oq kapalak gumbagi iplar yordamida turli substratga yopishib oladi; olma kuyasi iplar bilan daraxt novdasi va barglarini to’rga o’xshab o’rab oladi yoki g’ilof to’qiydi va uning ichida g’umbakka aylanadi; ipak qurti pilla o’raydi. Bitta ipak qurti ipak bezlaridan 100-1500 metrgacha, hatto, undan xam ko’proq ipak ipi ajratishi mumkin.