IRAM BOG’I

IRAM BOG’I, bog’i Eram — mifologik bog’. Sharq xalqlari og’zaki ijodidagi parilar makoni. Iram bog’i gulzor, mevazor va o’tloqzor bilan qoplangan beqiyos go’zal afsonaviy, tilsimli silsila bog’lar sifatida talqin etiladi. Mifologiyaga ko’ra, Yamanda, ba’zan Shomda deb tasavvur etilgan. «Go’ro’g’li» dostonlar turkumidagi Yunus pari, Misqol parilar Iram bog’ilik bo’lib, bu bog’parilarining rahnamosi, Chambil yurtida esa Botirlar murabbiyasi, el-yurt homiysi sifatida tasvirlangan.