Ishlov beruvchi sanoat

Ishlov beruvchi sanoat — sanoat va qishloq xo’jalik xom ashyosiga ishlov beruvchi yoki uni qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari majmui. Mehnat predmetlari bevosita tabiatda bo’lgan undiruvchi (undirma) sanoatdan farqli ravishda Ishlov beruvchi sanoatda inson mehnati sarflanib yara-tilgan mehnat mahsulotlariga ishlov beriladi. Ishlov beruvchi sanoatga qora va rangli metallar, kimyo va neft-kimyo mahsulotlari, mashina va uskunalar, yog’ochni qayta ishlash, tsellyuloza-qog’oz, tsement va boshqalar qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar, shuningdek, sanoat mahsulotlarini ta’mirlash korxonalari kiradi. Ishlov beruvchi sanoat kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bazasi bo’lib, ijtimoiy mehnat unumdorligi o’sishini ta’minlaydi. Jami sanoat mahsulotlari hajmida Ishlov beruvchi sanoat hissasi mamlakat industrial taraqqiyoti darajasini va sanoat tarmoq tuzilmasining ilg’orligini aks ettiradi. O’zbekistonda Ishlov beruvchi sanoatning paxta tozalash, yog’-moy tarmoqlari19-asrning 2-yarmidan, mashinasozlik, metallga ishlov berish, kimyo, to’qimachilik tarmoqlari 20-asrning 20-30-yillardan boshlab barpo etila boshladi. Rivojlangan davlatlardan AQSh, Yaponiya, GFR, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Kanadada Ishlov beruvchi sanoat taraqqiy etgan.