ISHONCHSIZ KREDITLAR

ISHONCHSIZ KREDITLAR — ishonchsiz deb turkumlangan aktivlar qaytishi mumkin bo’lmagan aktivlar deb qaraladi. Bunday aktivlar juda past qiymatga ega va ularni bank aktivlari sifatida hisobga yuritish maqsadga muvofiq emas deb hisoblanadi. Bunday turkumlash bu aktivlarning hech qanday likvidatsion bahosi yo’q degani emas, lekin banklarga bunday aktivlarni o’z balansida yuritish tavsiya etilmaydi va bu aktivlar likvidatsiya qilinishi kerak.