ISLOM MAZHABCHILIGI
ISLOM MAZHABCHILIGI — Islom dinidagi turli oqim va firqalarning umumiy nomi. I. m. Qur’on va hadisni turlicha talqin qilish, Islom tarixida g’oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va diniy hayotning boshqa sohalarida yuz bergan ixtiloflar natijasida vujudga kelgan. Tor ma’noda — shariatga xos huquq yo’nalishlarini anglatsa, keng ma’noda — dindagi AJ- ralgan barcha guruhlarni ifodalaydi. Ularni bir-biridan farqlash lozim. Islomdagi asosiy yo’nalishlar — Sun- niylik, shialik, xorijiylar. Bular- dan sunniylik va shialik hozir mav- jud, lekin xorijiylar yo’nalishi o’rta asrlardayoq ko’p firqalarga ajralib, keyinchalik yo’qolib ketgan, undan faqat bitta — ibodiylar (abodiylar) firqasi saklanib qolgan; Islomdagi firqalar — ularning eng kupi shialik ichidagi firqalardir; shariat mazhablari — is- lomdagi ajralishning alohida shakli- dan iborat (hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik, hanbaliylik, Ja’fariy- lik) (ya na q. Mazhab); ilohiyot oqimlari — ular Islom ilohiyotining shakllanish bosqichida ilohiyotga doir ayrim masala- lar bo’yicha ixtiloflar tufayli vujudga kelgan. 14-a.dan keyin ularning barchasi yo’qolib ketgan; sufiylik yoki tasavvuf tariqatlari — ularning ko’plari o’rta asrlardayoq yo’qolib ketgan. O’rta Osiyo- da — naqshbandiylik, yassaviylik, ku- braviylik, Kavkazda muridlik, xorijiy Sharq mamlakatlarida Qodiriylar, bek- toshiylar, rifo’iylar, tayfuriylar va b. tariqatlar keng tarqalgan. Ularning ayrimlari hozir ham mavjud. Ad.: Husniddinov 3., Islom: yo’nalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000.