ISMOIL SOMONIY MAQBARASI

ISMOIL SOMONIY MAQBARASI — Buxorodagi ko’hna me’- moriy yodgorlik (taxm. 864-868). Somo- niylar davlati ning asoschisi Ismoil Somoniy va uning avlodlari maqbarasi. I.Sm. 4tomoni bir xil Chordara shakli- da, jimjima g’ishtin bezaklari chiviqli to’siq yoki qamish, buyra to’qimasini es- latadi. Devor qalinligi -1,8 m, tarhi — tashqarisi 10,80×10,70 m, ichkarisi 7,20×7,20 m. Usti gumbaz b-n krplangan. 4 burchagi ustunsimon shaklda ishlangan, gumbaz atrofiga 4 qubba o’rna-tilgan. De- vor tepasida kungirasimon darcha (40 ta). Har bir darcha hoshiyalangan. Ravoq tepa- sidagi qanos g’ish-tin tangachalar MaRjo- ni b-n chegaralangan. Ikki chetiga mayda gishtdan chorsi tumor yasalgan. Bino ichka- risi tashkaridagi bezak b-n uzviy bog’liq bo’lib, uslub jihatdan bir xil. Ichki devor gumbaz osti bag’alidagi ustma- ust ra-voqchalar ustunchalarga tayangan. Ravoqchalar 8 qirrali gumbaz asosini tashkil qiladi. Qirralar burchagiga gum- bazga tirgaklik qiluvchi ustunchalar ish- langan. Arxeologik qazilma vaqti (1927) da xona sahnida 2 yog’och sag’ana borligi aniqlangan. Yozma manbalar va rivoyat- larga kura, maqbarani Ismoil Somoniy otasi qabri ustiga qurdirgan. Sharq to- mondagi sag’ana Ismoil Somoniy qabri (849-907) deb taxmin etiladi. Narsha- xiy Buxoro tarixi ki-tobida Ismoil Somoniyning o’g’li Amir Ahmad (914 y.) o’z qullari tomonidan o’ldirilgan va mazkur maqbaraga qo’yilgan deb yozadi. M. Saidjonov topgan Vaqfnoma (868 y)da zikr etilishicha, otasi Amir Ahmad mo- zoridan Registongacha bo’lgan erlarning bir qismi maqbaraga vaqf etilgan. I. S. m. O’rta Osiyo me’morligi va san’ati tarixidagi dastlabki maqbaralardan. Uning tuzilishida qad. sugd me’morligi- ning an’analari saklanib qolgan buyuk me’moriy asardir. 1925 y.da gum-bazi ta’mir etilgan. V. Vyatkin boshchiligida arxeologik tekshiruvlar olib borilgan. Binoni kumib yuborgan zax tuproqlardan tozalanib, B. Zasipkin va usta Shirin Murodov boshchiligida ta’mirlangan (1937-39). I. S. m. shahar madaniyat va istiroqat bog’i hududida joylashgan. I. S. m. loyihasidan tortib, hajmiy tuzi — lishigacha geometrik tartib va qoida aso- sida yaratilganligi aniqlangan. Ad.: Bulatov M. S, Geometricheskaya garmonizasiya v arxitekture Sredney Azii IX— XV vv., M., 1978.