Istami xoqon, Istemi
Istami xoqon, Istemi (Xitoy-cha Shi-de-mi, Yun. — Stemvis, Vizan- tiyacha — Dizavul yoxud Silzibul, Arab. — Sindjibu) (?-576) — G’arbiy turk xoqonligining asoschisi va 1-xoqoni (553-76). Bumin xoqonning ukasi. Aka- si vafoti (553) dan so’ng Turk xoqon- yaiginpnt g’arbga qilgan harbiy yurishi- ga rahbarlik qilgan. I. x. qo’shinining soni 100 ming kishi bo’lgan. Uning unvo- ni yabg’u-xoqon bo’lgan. I. x. G’arbni zabt etishga jiyani mug’on xoqonning yabg’usi sifatida yo’l olgan. I. x. qo’shini qattiq qarshilikka uchramagan. 555 y. ular «G’arbiy dengiz» (Orol dengi-zi) bo’yiga etib borganlar. Firdavsiyning yozi- shicha, I. x. ga tobe bo’lgan mulklarning chegarasi «chin» (Xitoy)dan Jayxungacha va Choch (Toshkent)ning narigi tomonida- gi Gulzariyun (sirda-ryo) gacha cho’zilgan. Shunday qilib, turkiylar bir yarim yil ichida butun Mar-kaziy Qozog’iston, Ettisuv va Xoraz-mni zabt etganlar. Biroq I.x. yurishi keyin qiyinlashgan. Orol dengizining shim. da unga xuni (xionitlar), var (o’g’ur qavmi) va o’g’ur (ugorlar-vengerlar ajdodi) lar qattiq qarshilik ko’rsatganlar. Faqat 558 y. bu qabilalar tor-mor qilingan va turkiy- lar Volga bo’ylariga chiqqanlar. I. x. ga tobe bo’lishdan voz kechgan var va xuni qa-bilalarning qolgan-qutganlari (20 mingga yaqin kishi) qochib, keyinchalik yagona xalq — avarlarta Birlashgan. I. x.: «Avarlar turk qilichidan qochib qutulish uchun osmonga uchadigan qushlar emas, ular suvga sho’ng’ib dengiz po’rtanalarida g’oyib bo’ladigan baliqlar emas, ular er yuzida tentirab yuri-shibdi. EFTA- liylarni engib olay, avarlarga hamla qilaman, shunda ular mening kuch- qudratimdan qochib qutulmaydilar», de- gan edi. U eftaliylarga qarshi yurishni faqat 561 y. boshlagan, chunki bu davrda Xusrav I Anushirvon Vizantiya impera- tori Yustinian b-n sulh tuzib, e’tibo- rini sharqqa qaratgan edi. I. x. Eron b-n harbiy ittifoq tuzib, uni Eron shohining qiziga uylanish b-n yanada mustahkamlaydi. Sosoniylarni Balx- ga bergan zarbasidan foydalanib, I. x. qo’shini 565 y. O’rta Osiyoga, eftaliy- lar hududiga bostirib kirgan. Buxoro yaqinidagi 8 kun davom etgan jangda EF- taliylar podshosi Gatifarning qo’shini tor-mor qilingan. O’rta Osiyoni to’la zabt etish 571 y. tu-gallangan. Turkiylarning ashaddiy dushmani bo’lgan avarlar Savadan donga qadar cho’zilgan dashtlarni egallaganlar va I. x. Jan. ga qilayotgan yurishini to’xtatib, e’- tiborini g’arbga qaratishga to’g’ri kelgan. 567-571 y. larda turkiylar butun shim. Kavkazni egallashgan, ular Balanjar va xazarlarni tobe etib, Darbandga kadar etib borganlar va is-tehkomlarni ko’zdan kechirib dashtga qaytganlar. Ularning erlari Bospor yaqinida Vizantiya impe- riyasi erlari b-n tutashgan. 569 y. I. x. Vizantiya elchisi Zemarxga qirg’iz elati- dan bo’lgan asira qizni in’om qilgan. I. x. Sali tog’laridan Kavkaz va Qrimgacha yoyilgan G’arbiy turk xoqonligi hududida 10 ta turkiy xalqni birlashtirgan Yago- na ittifoqni barpo etgan. I. x. va-FOT etgach, o’g’illari Qorachuringa Ettisuv, Turksanfga esa quyi Volga va Ural atro- fidagi erlar meros qolgan. Ad.: Barmankulov M ., Xrustalnaya mechta tyurkov o kvadronasii, Almati, 1999; Gumilev L. N., Drevnie tyurki, M» 1967. Faxriddin Hasanov.