Istiora
Istiora (Arab. — qarzga olish), metafora — badiiy tasvir vositasi, ko’chim. I. 2 narsa o’rtasidagi o’xshashlikka asoslanadi. U o’xshatilgan va o’xshagan unsurlardangina tashkil to-padi. Mas, sarv qomat, ohu ko’z. I.da sher, yo’lbars va b. kuchli, jasoratli hayvonlarga xos ay- Rim xususiyatlar, oq, qora sifatlarida- gi yaxshilik, yomonlik ma’nolari inson- larning ayrim xislatlarini ta’kidlab ko’rsatish uchun ko’chiriladi (sher yurak, oq ko’ngil, qora qalb va h. k.). I. badiiy asarlarda aks etayotgan narsa, voqea, hodisalarning aniq, rav- Shan gavdalanib turishida, obrazlar tavsiflarining yorqin berilishida, asar joziba kuchining oshishida niho- yatda muhim o’rin tutadi. I.ning 2 turi mavjud: 1) ochiq istiora. Mac, Mening qo’lim etmagan yulduz, Tushlarimda seni ko’rgayman (A. Oripov). Bunda sevimli yor — ma’shuqa «yulduz»ga o’xshatilgan. O’xshagan tushirib qoldirilgan, o’rniga o’xshatilgani berilgan; 2) yopiq istiora. Mac, qolgan so’zlar tutqizmadi o’z ba- ridan (F. Fylom). Bunda «so’zlar» odam- ga o’xshatilgan. O’xshatilgan tushirib qoldirilgan va o’xshagan berilgan. Ad.: Qo’ng’urov P., O’zbek tilining tas- viriy vositalari, T., 1977.