Ittriy
Ittriy (lot. Yttrium), Y — Mende- leev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib ra- kami 39, at. m. 88,9059. Tabiiy I. ning bitta barkaror izotopi 39Y ma’lum. Er po’stida massa jihatidan 2,0-10~3%, dengiz suvida 3-10~4 mg/l I. bor. I. boshqa Nodir metallar b-n birgalikda ksenotim, fergyusonit, evksenit, gadoli- nit va b. minerallar tarkibida uchraydi. I. — oqish kumushrang metall. Zichli- gi 4,45 g/sm3. Suyuklanish t-rasi 1528°, qaynash t-rasi 3320° atrofida. Brinell bo’yicha kattikligi 628 MPa, unga mexa- nik ishlov berish oson. I. havoda yupqa mustahkam oksid parda b-n qoplanadi. Metall holdagi I. ilk bor F. Vyoler to- monidan 1828 y. da ajratib olingan. I. qaynoq suvda havo kislorodi ta’sirida sekin oksidlanadi, mineral kislotalar b-n oson (ftorid kislotadan tashqari) reaktsiyaga kiri-shadi. Quyida I.ning eng muhim birikmalari haqida ma’lumot keltirilgan. I. (Sh)-o KS ID. Y2O3 — rangsiz Kris-tallar. Suyuklanish t-rasi 2430°, qaynash t-rasi 4300° atrofida; zichligi 4,85 g/sm3. Suvda erimaydi, mineral kis- lotalarda yaxshi eriydi. I. ning nitrat, oksalat, karbonat va b. tuzlarini 800— 1000° da parchalash usuli b-n olinadi. I. (Sh)toksid maxsus optik shi-shalar, issiqbardosh, o’ta o’tkazuvchan va shaffof keramik mahsulotlar, lyuminoforlar, ittriy-temir va b. ittriyli granatlar olishda qo’llaniladi. I. (Sh)-ftori D — rangsiz Kristal- lar. Suyuklanish t-rasi 1155°, qaynash t-rasi 2230°; kristallogidratlar hosil qiladi. Metallotermik usulda I. olish uchun ishlatiladi. I. (Sh)-xlorid — rangsiz, gigrosko- pik kristallar. Suyuklanish t-rasi 721°, qaynash t-rasi 1482°; zichligi 2,8 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi; kristallogidratlar hosil qiladi. Metallotermik usulda sof I. olishda ishlatiladi. I. po’lat va cho’yanlarga legirlov — chi, issiqqa chidamliligini oshiruvchi qo’shimcha sifatida, qiyin eriydigan, lyuminofor va lazer materiallar olish- da qo’llaniladi. Ituzum (Solanum) — ituzumdoshlar oilasiga mansub o’tsimon o’simliklar, chala butalar va butalar, ba’zan past bo’yli daraxtlar (tropiklar- da) turku-mi, dorivor o’simlik. 1700 ga yaqin turi bor. Aksariyat turlari Jan. Amerikada tarqalgan. Ayrim mamla- katlarda pal-lali I. (S. laciniatum) do- rivor o’simlik sifatida ekiladi (bar- gi va poyasida solasonin va salamargin alkaloidlari ko’p). O’zbekistonda be- gona o’t hisoblanadigan guli binafsha rang, mevasi qora (S. nigrum) va qizil turi uchraydi. Poyasi sershox, tik USA- Di, bo’yi 90 sm gacha. Barglari oddiy va mu-rakkab, tuxumsimon, o’yiq. Mevasi — ko’sakcha, qora yoki qizil dumaloq re- zavor. Iyul—okt.da gullab mevalaydi. Bir o’simlik 40 mingtagacha urug’bera- Di. Urug’lari qattiq qobikli, tuttroqda uzoq vaqtgacha unuvchanlik qobiliya-tini saqlaydi. O’zbekistonning hamma vilo- yatlarida ekinzor dalalarda begona o’t si- fatida ko’p uchraydi. I.ning do-rivorlik xususiyatlari ham bor. Xalq tabobatida tomoqnafas yo’llari xas-taliklarini davolashda mevasidan foydalaniladi.