IXNACHSOY

IXNACHSOY — Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi soy. Piskom daryosining chap irmog’i. Piskom tizmasining shimoliy-g’arbiy yon bag’ridagi Ixnachko’ldan boshlanadi. Uzunligi 20 kilometr. Qor va muzliklardan to’yinadi. To’linsuv davri may—iyun oylarida, kam suvli davr kuz-qishda kuzatiladi.