Izg’irin
Izg’irin — erga yondosh havo qatlamida esadigan sovuq shamol. Izg’irin uchun qulay sharoit havo harorati -5° dan past, shamol tezli- gi 6-8 m/s dan yuqori bo’lganda hosil bo’ladi. Er yalab esadigan I., pastda esa- digan I. va umumiy I. farq qilinadi. Er yalab va pastda esadigan I.larda ilgari yoqqan qor shamol b-n turli tomon uchadi, umumiy I.da esa erdagi qor hamda bulut- lardan yog’ayotgan qor uchadi. I. vaqtida qor qoplami yuzasidan qor uchqunlari 1,5—2 m balandlikkacha ko’tariladi. I. qor qoplami yuzasi quruq bo’lganda esa- Di. Tsiklonning shim.-g’arbi, g’arbi va Jan-.g’arbida hamda antisiklonning chet- larida kuzatiladi. I. vaqtida nariroqni ko’rish qiyinlashadi. I. ba’zan qor yog’ib turgan paytda yuz beradi. Bu vaqtda qor uchqunlari erdan ko’tarilayotgani yoki yuqoridan tushayotganini AJ-ratish qiyin. Atmosferaning iliq fronti yaqinlashganda shunday I. kuzatiladi. Tog’lik hududlarda 1500 m baland- likdan boshlab har yili barqaror qor qoplami hosil bo’lib, bu erda izg’i-rin ko’proq kuzatiladi. Bu, birinchi navbatda, dovonlarda va shamolga ochiq qiyaliklarda sodir bo’ladi. Mac, Surxondaryo viloyati- ning baland tog’lik qismida bunday kun- lar soni yiliga 36 kungacha (o’rtacha ko’p yillik — 11), G’arbiy Tyanshanda esa 30 kungacha (o’rtacha ko’p yillik —19—20 marta) etadi.