Izzat Sulton

Izzat Sulton (to’liq ismsharifi Izzat Otaxonovich Sultonov) (1910.29.11, O’sh — 2001.29.7, Toshkent) — adabiyotshu- nos, tanqidchi, dramaturg. O’zbekiston FA akad. (1995), O’zbekistonda xiz- mat kursatgan san’at arbobi (1964). O’zbekistonda xizmat kursatgan fan arbobi (1981). Zamonaviy o’zbek adabi- yotshunoslik fanining asoschilaridan. O’rta Osiyo untida o’qigan (1930-31), Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika in-tini tugatgan (1937). O’zbekiston dav- lat radio-eshittirish qo’mitasi raisi o’rinbo-sari, Toshkent kinostudiyasi Di- rektori (1943-45), O’zbekiston XKS ra- isi o’rinbosari (1945-48), O’zbekiston FA til va adabiyot in-ti direktori (1948-51), bo’lim mudiri (1956 y.dan), O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi (1955-58). I.S.ning adib va olim si- fatidagi ijodi ko’p qirralidir. Uning o’rta maktablar uchun mo’ljallangan «Adabiyot nazariyasi» qo’llanmasi (1939) butun O’rta Osiyoda adabiyotshunoslar AV- Lodining voyaga etishiga zamin tayyorla- gan. I.S. «O’zbek adabiyoti masalalari» (1959), «O’zbek sovet adabiyoti tarixi» (3 jildli, 1957-62), «adabiyot naza- riyasi» (2 jildli, 1978-79), «O’zbek adabiy tanqidi tarixi» (2 jildli, 1987) hammuallifi, «adabiyot nazari- yasi» darsligi (1980) muallifi. Uning faoliyatida Navoiy ijodining ilmiy tadqiqi alohida o’rin egallaydi. «Na- voiyning qalb daftari» (1969) asarida ulug’shoirning har taraflama dalillan- gan ijodiy biografiyasini yaratdi. I.S. bundan tashqari, Navoiy ijodi haqida turkum maqolalar («adabiy merosimiz- ni o’rganaylik», «Makorim ul-axloq» haqida», «Navoiy va zamonamiz» va b.) yozgan. «Bahouddin Naqshband abadiyati» (1994) asarida Naqshbandiya tariqati mukammal inson axloqi, bunyodkorlik va savob ishlar mafkurasi ekanligi haqida fikr yuritgan. I.S. «Burgutning parvozi» (1940), «Alisher Navoiy» (uyg’un b-n hamkorlikda, 1941), «imon» (1960), «No- ma’lum kishi» (1963), «ko’rmayin bos- dim tikonni» (1974), «istehkom» (1977), «Donishmandning yoshligi» (1980), «AB- dulla Qodiriyning o’tgan kunlari» (1988) dramalari muallifi. A. Spesh- nev, uyg’un va V. Shklovskiylar b-n hamkorlikda «Alisher Navoiy» (1945) kinossenariysini yaratgan. Bundan tash- kari, «fidoyi», «senga peshvoz» stse- nariylari, «shoir qalbi» (1967) opera librettosini yozgan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). «Shuhrat» medali b-n mukofot- langan (1992). Ummat To’ychiev.