JAHON BANKI

JAHON BANKI — rasman nomi xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki. 1944-yilda Xalqaro valyuta jamg’armasi bilan bir vaqtda tuzilgan birinchi davlatlararo investitsiya institutidir. Bank o’zining faoliyatini 1946- yil 25-iyundan boshlagan. Jahon banki o’zaro bir-biri bilan bog’liq beshta institutdan tarkib topgan ko’p tomonlama kredit tashkiloti hisoblanadi.