Jeshuv

Jeshuv — Polshaning Janubiy- sharqidagi shahar. Vislok daryosi bo’yida. Jeshuv voevodaligining ma’muriy markazi. Aholisi 162 ming kishi (1999). Temir yo’l tuguni. Mashinasozlik (jumladan avtomobil va aviasiya dvigatellari ishlab chiqarish), oziq-ovqat (go’sht va meva-konserva) sanoati korxonalari, texnik chinni zavodi, pedagogika instituti, Jeshuv o’lkasi muzeyi bor. 15-18-asrlarga oid me’moriy yodgorliklar saqlangan. Jeshuvga 14-asrda asos solingan.