Jin mashina

Jin mashina (inglizcha gin<engine — mashina), tola ajratkich — paxta tolalarini chigitdan ajratib oladigan mashina. Arrali va valikli xillari bor. Arrali Jin mashinaning asosiy ish qismlari, ish kamerasi va arrali tsilindr 2 dan iborat. Arrali tsilindr 80-130 dona arrali disklardan yig’iladi. Chigitli paxta ish kamerasi ga tushadi. Aylanib turgan tsilindr arralariga ilingan tolalarning bir qismi chigitdan ajralib, panjara 3 orasiga o’tadi, soplo 4 va mashina bo’g’zi 5 orqali batareya kondensoriga yig’iladi. Chigitli paxta tsilindr bilan bir necha marta uchrashgach, chigit tolalardan deyarli tozalanadi va sirpanib, taroq 8 bilan panjara orasidan o’tib, chigit konveyeriga tushadi. «Ulik» tola ajratish moslamasi 6 toladan «ulik» tola va ifloslarni ajratib, shnekli «ulik» tola konveyeri 7 ga yo’naltiradi. Valikli Jin mashinaning ish qismlari hayvon terisidan, sun’iy rezinalashtirilgan materiallar va tabiiy po’kaklardan yasalgan valik, qo’zg’almas pichoq 2 va urish valigi 3 dan iborat. Ta’minlash kamerasi ga tushgan chigitli paxtani qarama-qarshi tomonga aylanib turadigan valiklar 2 qoziqchali Titkilash barabani 3 ga bir me’yorda uzatadi, baraban qoziqchalari uni ilashtirib, to’r 4 sirtidan sudrab utadi. Paxtadan ajralgan xas-cho’plar to’r ko’zlaridan o’tib tashqariga chiqadi, titilgan paxta esa qiya 5 dan sirpanib, ignali baraban 6 ga yo’naladi. Tekislovchi valik 8 chigitli paxta qatlamini tekislab turadi. Tezlatish barabani 9 ignali baraban 6 dan chigitli paxtani ajratib olib, bir-biriga teskari aylanayotgan ish valigi va urish valigi 10 orasiga keltiradi. Chigit pichoq ostidan o’ta olmaydi, tolalar chigitdan ajraladi va ish valigiga yopishib, pichoq ostidan o’tib ketadi. Chigit tolalardan to’liq ajralmaguncha bu jarayon takrorlanadi. Chigitdan ajralgan tola Nov 15 ga tushib, undan tola quvuriga, chigitlar esa to’r 7 ning ko’zlaridan o’tib, Nov 14 orqali yig’ish shnegiga yo’naladi. Paxta tozalash korxonalarida bir necha Jin mashina batareya tarzida (arralisi xar qatorda 2-5 tadan, valiklisi 8-10 ta- dan) o’rnatiladi. O’zbekiston paxta korxonalarida avtomatlashtirilgan Jin mashinalari ishlatiladi. Ad.: Jab borov G’. Sh., Otametov T. U., Hamidov A., Chigitli paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi, T., 1987.