Jizzax «O’ZEKSAYD» qo’shma korxonasi
Jizzax «O’ZEKSAYD» qo’shma korxonasi — 1998 yil «Jizzax akkumulyator» aktsiyadorlik jamiyati negizida O’zbekiston-AQSh hamkorligida 147 million AQSh dollari ustav fondi bilan tashkil etilgan. 2001 yil oxirida Jizzax shahrida ishga tushirildi. Yillik loyiha quvvati 1,0 million dona har-xil turdagi akkumulyatorlar. Mahsulot AQSh ning ilg’or firmalari texnologiyalari asosida ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan akkumulyatorlarning yarmini chetga eksport qilish mo’ljallangan.