Jovqosin

Jovqosin (Tulipalehmanniana) — loladoshlar (piyozdoshlar) oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Piyozi tuxumsimon, yo’g’onligi 1,5—4 santimetr. Poyasi 20— 25 santimetr. Bargi 4 ta, buralgan, tuksiz, uchiga qarab ingichkalashib boradi, pastkisi nashtarsimon yoki qalami nashtarsimon, eni 1,5—2,5 santimetr. Gultojlari sariq qizg’ish yoki qizil, bo’yi 2,5—7 santimetr. Changchi iplari tuksiz, sariq, yuqori qismi qoramtirbinafsha. Changdonlari sariq. Ko’sagining eni 1 — 1,5 santimetr, bo’yi 2,5—3 santimetr. Aprelda gullab, mayda urug’ beradi. Buxoro viloyati hamda Qoraqalpog’iston Respublikasida tarqalgan. Asosan, manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi.